Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

"Kadishev" bozoridagi buzilishlar haqidagi xabarlar rad etildi

"Kadishev" bozoridagi buzilishlar haqidagi xabarlar rad etildi

Xalq tilida Kadishev bozori deb ataladigan “Aviasozlar” bozori faoliyati odatdagi tartibda davom etmoqda. Savdo rastalari va do‘konlarning buzilishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bozorga tutash hududda uzoq yillardan beri tartibsiz tashkil etilgan noqonuniy savdo nuqtalarini tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda. Ayrim fuqarolar meva-sabzavot, go‘sht va kalla-pocha mahsulotlarini ruxsatsiz hamda sanitariya talablariga zid ravishda sotgan.

Shuningdek, tartibsiz savdo piyodalar va transport harakatiga xalaqit berib, tirbandlik va noqulayliklarni yuzaga keltirayotgani qayd etildi.

Hokimlikka ko‘ra, hududda savdo qilgan fuqarolarga bozor ichidan qonuniy va maxsus ajratilgan joylar taklif etilmoqda. Kelgusida hudud obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtiriladi hamda avtoturargoh tashkil etiladi.

Kiritildi: Bugun 08:05. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!