1️⃣ Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyati boshqarmasi Pastdarg‘om tuman filiali kadastr muhandisi o‘zining vakolatli tanishlari orqali, mahalliy fuqaroga tegishli 2 sotix yer maydonining kadastr pasportini davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berish evaziga 2,5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
⚖️ Hozirda muhandisga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
2️⃣ DXX Curxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, Sherobod tumani davlat soliq inspeksiyasining sobiq bosh inspektori viloyat Iqtisodiy sudida ko‘rilayotgan iqtisodiy ish doirasida bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikka nisbatan egalik huquqini tiklab berish evaziga 1983 y.t. fuqarodan 10 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
⚖️ Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
🏪 Hurmatli fuqarolar kundalik hayotda bu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.