Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ka’baning eshigini buzmoqchi bo‘lgan kimsa qo‘lga olindi

Ka’baning eshigini buzmoqchi bo‘lgan kimsa qo‘lga olindi

Makka shahridagi Ka’ba eshigini buzmoqchi bo‘lgan kimsani polisiya xodimlari qo‘lga olishdi, deya xabar beradi «Haber7.com».

Kecha kechki payt minglab hojilar Ka’bani tavof qilayotgan bir paytda Allohning uyi eshigini buzmoqchi bo‘lgan kishi qo‘lga olingan.

Avzoyi buzuq, aqli joyida bo‘lmagan kimsani polisiya xodimlari so‘roq qilmasdan prokuraturaga topshirgan.

Shubhali kimsaning qo‘lga olinish jarayoni tasvirga tushirilib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

 

Kiritildi: 11:12 12.08.2018. O'qildi: 1990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!