Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Ka’bani golf mashinasida tavof qilish imkoniyati paydo bo‘ldi

Ka’bani golf mashinasida tavof qilish imkoniyati paydo bo‘ldi

Saudiya Arabistoni Makka va Madinadagi Ikki muqaddas masjid ishlari bo‘yicha Bosh boshqarmasi tavof (Ka’bani aylanib o‘tish) marosimini bajarish uchun «aqlli» golf mashinalarini ishga tushirdi, deya xabar bermoqda Saudi Gazette.

Umra ziyoratining eng qizg‘in mavsumiga to‘g‘ri keladigan Ramazon oyida keksalar va imkoniyati cheklangan ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida Makka masjidi tomida golf mashinalarini qisqa muddatli ijaraga berish xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Boshqarmaning xabar berishicha, golf mashinasi joylashgan joyga Ajad eskalatori kirishlari va Qirol Abdulaziz darvozasidagi liftlar orqali borish mumkin. Golf mashinalari har kuni mahalliy vaqt bilan 16:00 dan 4:00 gacha xizmat ko‘rsatadi.

Golf mashinalaridan faqat tavof maqsadlarida foydalanish mumkin va ularning narxi bir kishi uchun 25 riyolga (6,67 dollar atrofida) teng. Hojilar tavof qilishlari uchun 50 ta golf aravalari mavjud bo‘lib, ularning har biri 10 yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

Kiritildi: 11:54 27.03.2024. O'qildi: 944 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!