Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Kabaga teginish mumkin emas! Bu yilgi Haj mavsumi qoidalari e’lon qilindi

Kabaga teginish mumkin emas! Bu yilgi Haj mavsumi qoidalari e’lon qilindi

Saudiya Arabistoni Haj 2020 mavsumida hojilar orasida koronavirus tarqalishining oldini olish uchun amal qilinishi kerak bo‘lgan qoidalar to‘plamini e’lon qildi. Bu haqda davlat axborot agentligi xabar bergan.

Saudiya hukumati iyun oyida koronavirus pandemiaysi tufayli bu yilgi haj mavsumida qatnashuvchilar soni 1000 nafargacha qisqartirilishini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, bu mavsumda haj mahalliy musulmonlar bilan o‘tkazilib, xorijdan musulmonlar qabul qilinmaydi.

Chetdan hojilarni qabul qilmaslik zamonaviy tarixda ilk bor kuzatilyotgan holatdir.

Yangi qoidalarga ko‘ra, bu yilgi haj mavsumida islomdagi eng muqaddas joy hisoblangan Kabatullohga teginish taqiqlanadi. Umumiy ibodatlar va Kabani tavof qilish paytida musulmonlar bir yarim metrlik ijtimoiy masofani saqlashi kerak.

Shuningdek, Haj ibodatidagi muqaddas joylar bo‘lgan Mino, Muzdalifa va Arofatga faqatgina tashkilotchilar va hojilar borishlari mumkin bo‘ladi. Ularning barchasi har doim yuz niqoblarini taqishlari majburiydir.

Ma’lumot uchun, bu yilgi haj mavsumi 19 iyuldan 2 avgustgacha davom etadi.

Kiritildi: 07:20 07.07.2020. O'qildi: 2937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!