Bahraynlik Ali al-Avadiy 1941 yilda Ka’ba atrofida suzgani uchun mashhur bo‘lib ketgan edi.
O‘shanda bir hafta davom etgan yomg‘irlar oqibatida Masjidul Haromni suv bosgan, Makkada o‘qiydigan 12 yoshli Avadiy esa do‘stlari va ustozlari bilan tavof uchun kelgan edi. Suzishni yaxshi ko‘radigan Avadiy do‘stlariga tavofni suzgan holda qilishni taklif etdi va buni o‘zi boshlab berdi. Ana o‘shanda u fototasvirlarga muhrlandi.

Ali al-Avadiy 77 yoshida vafot etgan.
Aytish kerakki, Masjidul Haromda drenaj tizimi o‘rnatilgunga qadar suv toshqinlari tez-tez kuzatilgan, ammo odam suzadigan darajada suv yig‘ilishi kamdan-kam bo‘lgan.
Manba: kun.uz