JSST "3 ga 35" tashabbusini taqdim etib mamlakatlarni yil oxirigacha zararli mahsulotlar narxini kamida 50 foizga oshirishga undamoqda. Maqsad — yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan (YUBK) o‘lim sonini kamaytirish va sog‘liqni saqlash tizimiga mablag‘ jalb qilishdir.
🔹 YUBK (yurak xuruji, saraton, diabet) 75 foiz o‘limga sabab bo‘ladi, ko‘pincha tamaki, spirtli ichimliklar va shakar iste’moli tufayli.
🔹 Zararli mahsulotlar narxining 50 foizga oshirilishi 50 yil ichida 50 mln kishining hayotini saqlab qolishi mumkin.
🔹 Tashabbusning maqsadi — 10 yil ichida $1 trln soliq yig‘ishdir.
🔹 Mablag‘lar sog‘liqni saqlash, ta’lim va ijtimoiy himoyaga yo‘naltiriladi.
JSST "sog‘liq uchun soliqlar"ning samaradorligini ta’kidlab, zararli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyozlardan voz kechishga chaqirmoqda. Tashkilot mamlakatlarga texnik, siyosiy va ekspert yordamini ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirmoqda.