Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

JSST Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan koronavirus vaksinasiga munosabat bildirdi

JSST Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan koronavirus vaksinasiga munosabat bildirdi

Rossiyada COVID-19ga qarshi vaksinaning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bilan bog‘liq holatni izohlagan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining texnik mutaxassislari har qanday xavfsiz va samarali vaksina hamma uchun foydali bo‘lishini ta’kidladi.

"Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 vaksinasi Rossiya Federasiyasining dori-darmonlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan xabardor", - deyiladi tashkilot izohida.

Shuningdek, ekspertlar tomonidan ta’kidlanishicha, JSST "butun dunyo bo‘ylab bunday vaksinalardan tezkor, adolatli va teng huquqli foydalanishga" chaqirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya dunyoda birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Preparat "Sputnik V" nomini oldi. Uning birinchi partiyasi keyingi ikki hafta ichida ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

 

 

 

 

 

 

Kiritildi: 04:30 13.08.2020. O'qildi: 5313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!