Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

JSST poliomiyelitga qarshi yangi vaksinani tasdiqladi

JSST poliomiyelitga qarshi yangi vaksinani tasdiqladi

✅ Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti poliomiyelitning 2-turiga qarshi yangi vaksina(nOPV2)ni tasdiqladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

💫 Qayd etilishicha, ushbu vosita amaliyotga kiritilgach, mazkur kasallikning avj olishini cheklash mumkin bo‘ladi.

🔎 JSST ma’lumotlariga ko‘ra, og‘izga tomchi orqali qabul qilinadigan nOPV2 preparati amalda qo‘llanilayotgan muqobillariga nisbatan yuqori genetik barqarorlik va samaradorlikka ega. Yangi epidemiyalar paydo bo‘lishi xavfini kamaytiradi.

✅ Shu ma’noda, yangi vaksinadan foydalanish ko‘plab mamlakatlarni poliomiyelitdan xoli hududlarga aylantirish imkonini beradi.

📌 Eslatib o‘tamiz, poliomiyelit o‘tkir shol kasalligi bo‘lib, asab tizimi, ayniqsa, orqa miyani shikastlaydi. Asosan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bu virusning yuqish xavfi yuqori hisoblanadi. Ba’zan falajlik va o‘lim holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 11:11. O'qildi: 261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!