Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

JSST koronavirus muolajasida qo‘llanilayotgan ikki doridan voz kechishni tavsiya qildi

JSST koronavirus muolajasida qo‘llanilayotgan ikki doridan voz kechishni tavsiya qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19ni davolash bo‘yicha ba’zi tavsiyalarini yangiladi. Unga ko‘ra, endi koronavirusga chalingan bemorlarda ikki preparat — Sotrovimab va Kazirivimab/imdevimab dorilarini qo‘llash maqsadga muvofiq emas!

Bu xulosa uchun xalqaro ekspertlar tomonidan o‘tkazilgan chuqur laboratoriya tekshiruvlari asos bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, pandemiyaning dastlabki davrida foydalanilgan mazkur farmasevtik mahsulotlar allaqachon eskirgan va koronavirusning so‘nggi shtammlariga qarshi yetarli samara bermaydi.

Tashkilot tavsiyalari birinchilardan bo‘lib AQShda hayotga tatbiq etildi. Natijada har ikki preparat mamlakat farmasevtika bozoridan chiqarib tashlandi.

Shuningdek, JSST virusga qarshi dori vositasi — Remdesivirni xastalikning og‘ir darajalarini boshdan kechirayotgan hamda stasionar sharoitda davolanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda qo‘llash yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Kiritildi: 13:28 19.09.2022. O'qildi: 1526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!