Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

JSST: Ikki hafta ichida dunyoda koronavirusga chalinish holatlari 30 foizga ko‘paydi

JSST: Ikki hafta ichida dunyoda koronavirusga chalinish holatlari 30 foizga ko‘paydi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, sayyoramizda epidemiologik vaziyat yana murakkablashmoqda.

Xususan, pandemiyaning qayta avj olishi tufayli keyingi ikki haftada COVID-19ni yuqtirish ko‘rsatkichlari qariyb 30 foiz oshgan. Bu “omikron” shtammining yangi mutasiyalari keng tarqalayotgani bilan bog‘liq.

Assosiy o‘sish dinamikasi Yevropa va Amerika mintaqasi mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu qit’alarda “omikron”ning BA.4 va BA.5 subvariantlari ko‘p uchraydi.

Bundan tashqari, Hindistonda ushbu shtammning yangi — VA.2.75 versiyasi aniqlangan va u ayni paytda mutaxassislarning kuzatuvi ostida.

JSST rahbari o‘z bayonotida emlash kasallikka qarshi eng samarali vosita bo‘lib qolayotganini ta’kidlab, hukumatlarni bu boradagi chora-tadbirlarni kuchaytirishga chaqirdi.

“Bu nafaqat bemorlar, balki sog‘liqni saqlash tizimi, iqtisodiyot va butun jamiyat uchun foydalidir” — deb qayd etdi Gebreyesus.

U, shuningdek, maymun chechagi infeksiyasining tarqalish shiddati va ko‘lami haqidagi xavotirlarini ham bayon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirgacha dunyoning 58 mamlakatida, olti ming nafar kishida ushbu xastalik tasdiqlangan. Epidemiya markazi Yevropada. Jami bemorlarning 80 foizi ushbu mintaqada yashaydi.

Qolaversa, Afrikaning ilgari mazkur infeksiya kirib bormagan hududlarida ham maymun chechagi ro‘yxatga olinyapti. Mutaxassislar kelgusida epidemiologik vaziyat yanada yomonlashishi mumkin, degan xulosada.

Kiritildi: 11:41 07.07.2022. O'qildi: 1454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!