Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

JSST: Dunyoda virusli gepatit bilan kuniga 6 ming nafardan ortiq inson kasallanadi, undan 3,5 ming nafar bemor vafot etadi

JSST: Dunyoda virusli gepatit bilan kuniga 6 ming nafardan ortiq inson kasallanadi, undan 3,5 ming nafar bemor vafot etadi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2024 yilgi Gepatit bo‘yicha global hisobotiga ko‘ra, ushbu kasallik qurbonlari soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Gepatit yuqumli kasalliklar orasida o‘lim holatlari soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi va yiliga 1,3 million inson shu xastalikdan ko‘z yumadi, bu ko‘rsatkich sil kasalligidan o‘lim holatlari bilan bir xil.

📘 Butunjahon gepatit sammitida taqdim etilgan ushbu hisobotda diagnostika va davolashning yaxshilanishi, tibbiy mahsulotlarning arzonlashganiga qaramay, kasallikni test qilish va davolash qamrovi ortmayotgani ta’kidlangan. Ammo, agar hozirdan tezkor choralar ko‘rilsa, JSSTning 2030 yilgacha gepatitni yo‘q qilish maqsadiga erishish mumkin bo‘ladi.

📈 187 mamlakatdan olingan yangi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, virusli gepatitdan o‘limning taxminiy soni 2019 yildagi 1,1 milliondan 2022 yilda 1,3 millionga ko‘paygan, ularning 83 foiziga gepatit V va 17 foiziga gepatit S sabab bo‘lgan. Dunyo bo‘ylab har kuni V va S gepatitlaridan 3500 nafar kishi vafot etadi.

“Ushbu hisobot xavotirli manzarani aks ettiradi: gepatit infeksiyalarining oldini olish bo‘yicha global yutuqlarga qaramay, ulardan o‘lim holatlari ko‘paymoqda, chunki gepatit bilan kasallangan juda kam odamlar tashxisdan o‘tadi va davolanadi, — dedi JSST Bosh direktori Tedros Gebreyesus. — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu tendensiyani bartaraf etish va hayotni saqlab qolish uchun mamlakatlarda mavjud bo‘lgan arzon narxlardagi barcha vositalardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlashga intilmoqda”.

🧍🏻JSSTning yangilangan hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022 yilda gepatit V bilan kasallanganlar 254 million va gepatit S dan aziyat chekkuvchilar esa 50 million nafarni tashkil qiladi. Gepatit V va S surunkali infeksiyalari bilan kasallanganlarning yarmini 30-54 yoshdagi odamlar, 12 foizini esa 18 yoshgacha bo‘lganlar tashkil qiladi. Xastalanganlarning 58 foizi erkaklar.

📋 Kasallik tarqalishining yangi hisob-kitoblari 2019 yilga nisbatan uning biroz pasayganligini ko‘rsatmoqda, ammo virusli gepatitning umumiy tarqalishi yuqoriligicha qolmoqda. 2019 yilda 2,5 million, 2022 yilda 2,2 million yangi zararlanish holatlari qayd etilgan.

🗂 Jumladan, 1,2 million gepatit V bilan va deyarli 1 million gepatit S bilan yangi zararlanish holatlari aniqlangan. Har kuni 6 ming nafardan ortiq inson virusli gepatit bilan kasallanadi.

📓 Qayta ko‘rib chiqilgan hisob-kitoblar kasallik tarqalishi bo‘yicha milliy tadqiqotlarning kengaytirilgan ma’lumotlari asosida olingan. Ular, shuningdek, emlash va xavfsiz in’eksiya kabi profilaktika choralari hamda S gepatitini davolash ko‘lamining kengayishi kasallanishning pasayishiga xizmat qilganini ko‘rsatadi. (https://telegra.ph/file/4e1086ae45dde4586bc5c.png)

Kiritildi: 10:24 21.04.2024. O'qildi: 708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!