Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

JSST COVID-19ga chalingan bemorning qancha vaqt davomida yuqumli bo‘lib qolishini ma’lum qildi

JSST COVID-19ga chalingan bemorning qancha vaqt davomida yuqumli bo‘lib qolishini ma’lum qildi

Odam COVID-19 belgilari paydo bo‘lganidan keyingi 8-9 kun davomida yuqumli bo‘lib qolishi mumkin.

Bu haqda JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovichga tayanib "Rossiyskaya gazeta" yozmoqda.

«Yuqumli bo‘lish uchun tirik virusni tarqatish kerak. Dastlabki tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ko‘pchilik bemorlar alomatlar paydo bo‘lgandan keyingi 8-9 kun davomida yuqumli bo‘lishadi, ammo xastalikning og‘ir shakliga chalinganlarda ushbu yuqumli davr uzoqroq davom etishi mumkin», deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, JSST COVID-19ga chalinganlar bilan aloqada bo‘lgan har bir kishiga 14 kunlik karantinni tavsiya qiladi.

Kiritildi: 22:15 18.01.2021. O'qildi: 2361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!