Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Joriy yilda 85 mingdan ortiq eronlik Hajga boradi

A A A
Joriy yilda 85 mingdan ortiq eronlik Hajga boradi

Eron Islom Respublikasining Haj va ziyorat tashkiloti rahbari Hamid Muhammadiy chorshanba kuni joriy yilda haj amalini bajarish uchun 85 200 eronlik ziyoratchi borishini ma’lum qildi. Bu haqda "Mehr News" nashriga tayanib "azon" xabar berdi.

Guliston provinsiyasida chiqish qilgan Hamid Muhammadiy eronlik ziyoratchilar taqvim bo‘yicha 18 iyuldan safar qilishlarini va ular Saudiya Arabistonida 31-40 kun oralig‘ida bo‘lishlarini bildirdi.

Eronning Haj va ziyorat tashkiloti rahbari eronlik ziyoratchilar uchun taqdim etiladigan ob’ektlar va xizmatlar haqida ham fikr bildirdi. Uning aytishicha, ziyoratchilar qulayligi uchun barcha choralar ko‘riladi.

Manba: muslim.uz

Kiritildi: 12:51 29.06.2018. O'qildi: 1313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik