Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jonsiz otasi boshida suratga tushgan go‘dak kun sayin boyib boryapti

Jonsiz otasi boshida suratga tushgan go‘dak kun sayin boyib boryapti

O‘lgan otasining yonida yig‘lab turgan bola surati butun internetni larzaga soldi. Vafot etgan shaxs Hindiston poytaxti Dehli shahrida quvurchi bo‘lib ishlab kelgan va baxtsiz tasodif tufayli ish vaqtida halok bo‘lgan. Oila boquvchisidan ajraldi, lekin oilani qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus bank raqami ochildi va unda har kuni 43,829 dollar miqdoridagi pul to‘planmoqda.
 
Surat hozirga qadar Twitter’da 7,000 marta ko‘chirib joylashtirilgan. 
 
OAVning xabar berishicha, Hindistonda har kuni yuzlab quvurchilar halok bo‘ladi, buning asosiy sababi esa, ularga yetarli asbob-uskunalar berilmaganida.
 
“The Hindustan Times” nashri muxbiri Shiv Sunni bu mavzuni alohida dolzarb masala sifatida olib chiqdi. Uning aytishicha, yig‘iladigan pulning hammasi Anillar oilasiga berilib, ularning kunlik hayoti hamda bolalarning maktabga borishi uchun sarflanadi. 

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 10:38 19.09.2018. O'qildi: 2520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!