Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Tokio Olimpiadasining aralash juftliklar bahsida bronza medallar uchun o‘ynashdan bosh tortdi. Bu haqda musobaqaning tvitterdagi sahifasida ma’lum qilindi.
Nina Stoyanovich bilan juftlikda o‘ynaydigan sportchi medallar uchun avstraliyalik Eshli Barti va Jon Pirsga qarshi kurashishi kerak edi. Endi esa bronza avtomatik ravishda serblarning raqiblariga nasib etdi.
Jokovich Olimpiadaning yakkalik bahslarida ham medalsiz qoldi. Yarim finalda u germaniyalik Aleksandr Zverevga, bronza uchun bahsda esa ispaniyalik Pablo Karrena Bustaga yutqazdi. Uchrashuv 6:4, 6:7 (4), 6:3 hisobida ispan sportchisi foydasiga hal bo‘ldi.