Tibbiy mahsulotlarning eng yirik ishlab chiqaruvchisi “Johnson & Johnson” AQSh hukumatiga COVID-19 vaksinalarini yetkazib berish bo‘yicha milliardlab dollarlik kelishuvga erishdi, deb xabar beradi "Interfaks".
Kompaniya bayonotida qayd etilishicha, “Johnson & Johnson” AQShga 100 million dozada tajribaviy COVID-19 vaksinasini yetkazib berish uchun 1 milliard dollardan ko‘proq bo‘lgan kelishuvga erishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, boshqa kompaniyalardan farqli o‘laroq, “Johnson & Johnson” kelishuvning aniq miqdorni ma’lum qilmagan.
Ammo «Barron’s» nashri tomonidan ta’kidlanishicha, vaksinasining bitta dozasi narxi taxminan 10 dollarni tashkil qilishi mumkin.