Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Joan Gaspar Neymar haqidagi sirni ochdi

Joan Gaspar Neymar haqidagi sirni ochdi

Kataloniyaning futbol bo‘yicha “Barselona“ jamoasi sobiq prezidenti Joan Gaspar Neymarning klub safiga nima sababdan o‘tmaganligiga oydinlik kiritdi.

Joan Gasparning ta’kidlashicha, PSJ Neymarning “Barsa“ga ko‘chib o‘tishi uchun 300 million yevro talab qilgan. Biroq parijliklarning mazkur talabi sabab shartnoma imzolanmagan.

Ma’lumot uchun, Neymar o‘tgan mavsumda PSJ safida 28 uchrashuv o‘tkazgan, 23 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etib, 13 golga hammualliflik qilgan. 27 yoshli hujumchining parijliklar bilan shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Kiritildi: 06:48 15.09.2019. O'qildi: 3484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!