Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Jo Baydenning g‘alabasiga shubha yo‘q edi, biroq...

Jo Baydenning g‘alabasiga shubha yo‘q edi, biroq...

Shtat Demokratik partiyasi ofisi bu haqda shanba kuni saylov uchastkalari yopilganidan bir necha kun o‘tib e’lon qildi. AQSh prezidenti Jo Baydenning g‘alabasiga shubha yo‘q edi, biroq tahlilchilar hali ham praymerizdagi saylovchilar ishtiroki va norozilik ovoz berish belgilarini diqqat bilan kuzatib bormoqda, deya xabar beradi “Amerika Ovozi”.

Shanba kungi ovoz berish Missuri shtatining yangi qonuni 2022 yil avgustida kuchga kirganidan beri partiyaning birinchi prezidentlik saylovi bo‘ldi.

Ovoz berishda 20 mingga yaqin saylovchi ishtirok etgani haqida partiya xabar berdi.

Missuri shtatidagi respublikachilar bu yil kokusni (ovoz berish bilan partiya tarafdorlari yig‘ilishi) o‘tkazishni tanladi, unda sobiq prezident Donald Tramp g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, AQShda saylovlar 2024 yil 5 noyabrga belgilangan. Jo Bayden va Donald Tramp Jorjiya, Missisipi va Vashington shtatlarida o‘tkazilgan ichki partiyaviy saylovlar natijalariga ko‘ra AQSh prezidentligiga nomzod bo‘ldi. Tramp AQSh prezidentligi uchun respublikachilardan yagona da’vogardir.

Kiritildi: 21:20 27.03.2024. O'qildi: 2892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!