Jizzaxlik erkak nikohsiz xotinini pichoqladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida 29 iyun kuni muqaddam sudlangan, A.J. uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashovchi rasmiy nikoxsiz turmush o‘rtog‘i, Z.E.ga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada Z.E. kasalxonaga yotqizilgan. A.J. ushlangan.