Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Jizzaxdagi Sangzor daryosi nega teskari oqadi?

Jizzaxdagi Sangzor daryosi nega teskari oqadi?

Jizzax shahridan oqib o‘tuvchi Sangzor daryosi g‘aroyib xususiyati — teskari yo‘nalishda oqishi bilan ko‘pchilikni hayratga soladi.

Jizzax shahridan oqib o‘tuvchi Sangzor daryosi g‘aroyib xususiyati — teskari yo‘nalishda oqishi bilan ko‘pchilikni hayratga soladi. Suvning bunday oqishiga sabab nima?

Fotima G‘OZIYEVA.

Jizzax viloyati.

 

Zarafshon daryosi bundan 2300-2400 yil ilgarigi tarixiy manbalarda «Politemit», ya’ni o‘zidan zar oqizuvchi deb atalgan, — deydi Jizzax davlat pedagogika institutining tarix fakulteti dekani, tarix fanlari nomzodi Ahror Pardayev. — Daryoning shakllanishi bundan million yillar avvalgi eng qadimgi galaksen davri bilan o‘lchanadi. O‘sha davrda Sangzor daryosi Zarafshonning o‘ng qo‘l irmog‘i sifatida Chumqartovdan, ya’ni Baxmal tog‘laridan boshlanib, shimoli-g‘arbga hozirgi Samarqand va Jizzax viloyatlari chegarasidagi «Yuqori nuqta»dan qariyb 10 kilometrlar janubdan Zarafshonga borib quyilgan. 

Erning zilzilalar natijasida o‘sishi Apokalipsis — hodisasi deyiladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bundan million yillar avvalgi ana shunday hodisa natijasida yer sathining relyefi o‘zgarib ketgan. Bu hodisa Zarafshonning o‘ng irmog‘i bo‘lgan Sangzorning o‘zaniga ham ta’sir ko‘rsatgan. Yerning tuzilishi o‘zgarib, qiyalik chapga og‘ganidan keyin Sangzor orqaga qarab oqa boshlaydi. Natijada Baxmal qishlog‘idan shimolga qarab Nurota tog‘igacha, g‘arbdan Bulung‘ur atrofigacha katta ko‘l paydo bo‘ladi.

Vaqt o‘tib, suv ko‘paygani sayin uning bosimi ham kuchayib boradi. Natijada Nurota va Molguzar tizmalari tutashgan eng kuchsiz, ensiz joyidan suv sizib o‘tib dastlab sharq tomonga qarab oqa boshlaydi. Yig‘ilgan suv bosimi ostida tog‘ tizmasining yemirilishidan Temir darvozaning o‘rni paydo bo‘ladi. Sekin-asta ikki tog‘ o‘rtasida dara shakllanib, undan oqayotgan suv to‘g‘ri Sirdaryoga borib quyilgan. Yillar o‘tib daryo o‘zanini o‘zgartirgan va shimol tomonga, teskari oqa boshlagan.

Manba: «Mahalla» gazetasi

Manba: O‘zA

Kiritildi: 12:44 30.05.2019. O'qildi: 3328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!