Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Jizzaxdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Jizzaxdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida 24 iyul kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 24 iyul kuni soat 16:43 da viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga «101» qisqa raqami orqali Do‘stlik tumani «Chinobod» MFY S. Rahimov ko‘chasida joylashgan 35-ko‘p kvartirali uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. Shundan so‘ng voqea joyiga yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yuborilgan. Qutqaruvchilar yong‘in joyiga soat 16:48 da yetib borib, soat 16:53 da yong‘inni o‘rab olgan va soat 17:23 da olov o‘chirilgan.

Ma’lum qilinishicha, voqea oqibatida ikki qavatli uyning 30 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan. Jabrlanganlar yo‘q.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida kelib chiqqan. Ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 09:30 25.07.2022. O'qildi: 2274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!