Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushganligi sababli jinoiy ish ochildi

Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushganligi sababli jinoiy ish ochildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushganligi haqida xabarlar tarqalgan.

 Aniqlanishicha, bugun 10 yanvar kuni soat 17:15 larda Jizzax shahrining Zilol mahallasi, Mustaqillik ko‘chasida qurilayotgan 6 qavatli bino, ya’ni 1-2 qavatlari savdo do‘koni, 3-6 qavatlari 11 ta xonadondan iborat bo‘lgan binoning 240 kv.m. iborat bo‘lgan 7 ta xonadoni qulab tushgan.

Binoning qulashi oqibatida jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar mavjud emas.
 
Voqea joyiga zudlik bilan Jizzax viloyati prokurori, Ichki ishlab boshqarmasi boshlig‘i, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari hamda tezkor-tergov guruhi a’zolari yetib borishdi. 

Binoning qulash sabablarini aniqlash borasida Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
 

Kiritildi: 19:52 10.01.2021. O'qildi: 3607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!