Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Jizzaxda yana bir haydovchi YPX inspektoriga pora berayotganda qo‘lga olindi

Jizzaxda yana bir haydovchi YPX inspektoriga pora berayotganda qo‘lga olindi

Joriy yilning 17 fevral kuni soat 09:40 larda Jizzax viloyati IIB YHXB YPX inspektori O.A. Sharof Rashidov tumani hududida belgilangan dislokasiya asosida xizmat olib borayotgan vaqtda, Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida yashovchi S.N. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk transport vositasini to‘xtatgan.
Haydovchi hech qanday hujjatlarsiz 20 tonna tuz mahsulotini olib ketayotganligi aniqlanib, hujjatlar rasmiylashtirilib avtomashina jarima maydonchasiga qo‘yilgan.
Haydovchi S.N. hujjatlar rasmiylashtirmaslik va avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga YPX xodimiga pora taklif qilgan.
Xodimning bildirgisiga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilning 17 fevral kuni haydovchi S.N. YPX inspektori O.A.ga 400 ming so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan. 
Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati Paxtakor tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Kiritildi: 17:08 18.02.2020. O'qildi: 1769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!