Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan 11-sinf o‘quvchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jizzaxda tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan 11-sinf o‘quvchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jizzax shahrining Uchariq mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi S.M. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, turar joyidagi yotoqxonasida bo‘lgan shkafdan qiymati 8 million 600 ming so‘mlik turli xildagi ayollar taqinchoqlari o‘g‘irlanganligini ma’lum qilgan.

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu jinoyat turar joy eshigi qulfini buzish yo‘li bilan amalga oshirilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida o‘g‘rilikni Jizzax shahridagi o‘rta umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi sodir qilganligi aniqlandi. Boladan sirg‘a hamda kulon hujjatlashtirib olingan.

Holat bo‘yicha tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 23:10 04.04.2021. O'qildi: 2075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!