Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Jizzaxda shifokorning xatosi tufayli homilador ayol halok bo‘ldi

Jizzaxda shifokorning xatosi tufayli homilador ayol halok bo‘ldi

2020 yil 11 oktyabr kuni Zarbdor tumanida yashagan fuqaro M.T to‘lg‘oq og‘rig‘i bilan Zarbdor tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruqlar bo‘limiga murojaat qilgan. Bu haqda "Darakchi" yozmoqda.

Bo‘limning sobiq akusher ginekologi, 1951 yilda tug‘ilgan fuqaro N.M tomonidan unga homilaning atenatal o‘limi, katta homila va kamqonlik o‘rta darajasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tug‘ruq muassasalarida perinatal yordam ko‘rsatishning sifatini oshirish bo‘yicha” milliy standartlar bo‘yicha umumiy qon tahlilini dinomika qilmasdan, ultra tovush va boshqa belgilangan tekshiruvlardan o‘tkazmaganligi natijasida M.Tda normal joylashgan yo‘ldoshning qisman ko‘chishi ro‘y bergan. Shuningdek, yo‘qotilgan qon miqdorini aniqlash, kerakli miqdordagi qon mahsulotlari bilan ta’minlash hamda uni jarrohlik yo‘li bilan tug‘dirish choralarini ko‘rmaganligi oqibatida M.Tning o‘limiga sababchi bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Zarbdor tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilib, natijasiga ko‘ra Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan ayblov xulosasi tuzilib, jinoyat ishi mazmunan ko‘rish uchun sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiobod tuman sudining hukmi bilan fuqaro N.M Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan jazo tayinlashda aybiga iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, nafaqa yoshida ekanligini inobatga olib, unga JK 45-moddasini qo‘llab, 1 yil 6 oy muddatga Sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalarida akusher-ginekolog vazifasida ishlash huquqidan mahrum qilib, 2 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm etildi.  

Kiritildi: 16:15 28.04.2021. O'qildi: 3605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!