Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda qo‘shmachi ayol ichki ishlar xodimlariga pichoq o‘qtaldi

Jizzaxda qo‘shmachi ayol ichki ishlar xodimlariga pichoq o‘qtaldi

Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi so‘lim tabiatli «Duoba» qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi namunali loyiha asosida qurilgan turar joylarning ayrimlarida uy egalarini hamisha ham uchratavermaysiz. Ba’zilar bu ushbu turar joylarni ijaraga berish maqsadida xarid qilgan, boshqalar esa bu yerga qachondir ko‘chib kelish niyatida. Shu ma’noda uy egalari qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchilarga o‘z turar joyi kalitini ishonib topshiradilar. Ishonch bildirilgan inson uyni qo‘riqlashi, sarishta tutishi kerak. Tabiiyki, bu xizmat uchun muayyan haq to‘lanadi.

Ammo shundaylar borki, ixtiyoriga vaqtincha o‘tgan uylardan tuban maqsadlarda foydalanadilar. Chunonchi, ichki ishlar organlari xodimlari Duoba qishlog‘idagi ana shunday turar joylardan birida qo‘shmachilik jinoyatini fosh qilishdi. Soha vakillari tomonidan shu hududda yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan ayol 150 ming so‘m evaziga o‘ziga vaqtincha ishonib topshirilgan uyda 1986 yilda Zomin tumanida tug‘ilgan erkak va ayolning ishqiy munosabatga kirishishi uchun sharoit yaratib berganligi aniqlandi.

Qo‘shmachi dastlab maxsus kimyoviy ishlov berilgan 150 ming so‘m pulni berishdan bosh tortdi. Hatto, qo‘liga pichoq tutib, ichki ishlar organlari xodimlariga po‘pisa qildi. Nayrangi o‘tmagach, o‘z joniga qasd qilishini bildirib, vaziyatdan chiqishga urinib ko‘rdi. Bu harakatlari ham ish bermagach, egnidagi kiyimi ichiga yashirilgan 150 ming so‘m pulni qaytardi.

Shu vaqtning o‘zida qo‘shmachining yana bir jinoyati fosh etildi. U hududdagi boshqa bir turar joyda Zomin tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan erkak hamda Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan ayolning jinsiy yaqinlik qilishi uchun sharoit yaratib bergan. Bu xizmati uchun “mijoz”laridan 100 ming so‘m olgan. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 14:59 12.08.2020. O'qildi: 3628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!