Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Jizzaxda qimorxona fosh qilindi

Jizzaxda qimorxona fosh qilindi

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Baxmal tumani, Do‘stlik  mahallasida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan R.A. karantin qoidalariga zid ravishda turar joyida qimor o‘yini tashkil qilganligi aniqlandi. 

R.A tumanning Qutlug‘obod mahallasida istiqomat qiluvchi, 1966 yilda tug‘ilgan A.A., O‘smat shaharchasida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan, 1979 yilda tug‘ilgan U.YA. hamda Novqa mahallasida istiqomat qiluvchi, 1974 yilda tug‘ilgan A.E.lar bilan birga pul tikib, karta o‘ynagan. 

Qimorbozlardan dovga tikilgan 2 million 270 ming so‘m pul hamda o‘yin kartasi hujjatlashtirib olindi. 

Holat yuzasidan Baxmal tumani IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:07 20.10.2020. O'qildi: 2266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!