Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda qandolat fabrikasi yonib ketdi

Jizzaxda qandolat fabrikasi yonib ketdi

Joriy yilning 12 iyun kuni soat 20.45larda Jizzax shahar H.Olimjon mahallasi R.Axmurodov ko‘chasida joylashgan “Bonu shirinliklari” MCHJga qarashli qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish fabrikasida yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Natijada fabrika binosining 400 kv.m. maydonda tom va shift qismi hamda qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish jihozlari yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q. Yong‘in kelib chiqish sababi aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 12:10 13.06.2019. O'qildi: 1627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!