Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda ota-bola jinoyatchilar qotillikka qo‘l urishdi (video)

Jizzaxda ota-bola jinoyatchilar qotillikka qo‘l urishdi (video)

Jizzax shahridagi avtoturargohda Ilyos Mamatqulov va uning o‘g‘li G‘iyosjon Oblaqulovni kirakashlar yaxshi tanishadi. Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qatnaydigan avtomobillar turargohi Ko‘kbozor hududidan boshqa joyga ko‘chirildi-yu ota-bolaning tinchi yo‘qoldi. Mo‘may daromad olib, gerdayib yurgan zo‘ravonlarga yangi avtoturargohda o‘rin yo‘q edi.

Jizzax shahridagi Obod mahalla hududida joylashgan Sug‘diyona bino va inshoatlardan foydalanish direksiyasi bilan fuqaro Zafar Tursunov o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra avtoturargohni boshqarish huquqi Zafar Tursunovda edi.

Aynan mana shu narsa endigina 21 yoshga kirgan G‘iyosjon Oblaqulovni qotillikka undadi. U otasi bilan til biriktirib jinoyatga qo‘l urgan. Ota-bola muntazam ravishda tovlamachilik bilan shug‘ullanib kelgan. Ularning o‘ljalari haydovchilar bo‘lgan. Talab qilgan pulni bermasa mashinasiga shikast yetkazish bilan qo‘rqitib, 2017 yilning avgust oyidan 2018 yilning mart oyiga qadar bir qancha fuqarolardan turli miqdorda, jami: 94 mln 845 ming so‘m undirgan. Bu haqda Yoshlar telekanalida lavha berildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyat sudining sud majlisida ota-bolaning jinoiy ishi ko‘rib chiqildi.

JKning 9-moddasi bilan G‘iyosjon Oblaqulovga 22 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. JKning 29-moddasiga asosan Ilyos Mamatqulovga 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 15:09 18.02.2019. O'qildi: 2672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!