Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda MCHJga tegishli bino xatlandi

Jizzaxda MCHJga tegishli bino xatlandi

Majburiy ijro byurosining Jizzax shahar bo‘limi ish yurituvida davlat foydasiga undirilishi belgilangan soliq qarzdorligi yuzasidan qo‘zg‘atilgan ijro ishi bo‘yicha majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.

Ijro hujjatlari talablarini ixtiyoriy ravishda bajarish uchun berilgan muddatdan so‘ng ham qarzdor tomonidan soliq qarzi to‘lanmaganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda qarzdor «G.G» MCHJga tegishli ko‘chmas mulk ob’ekti xatlandi.

Xatlov jarayonida bino belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, tegishli prosessual hujjatlar rasmiylashtirildi.

Qarzdorga soliq qarzdorligini ixtiyoriy ravishda qoplash imkoniyati mavjudligi, aks holda xatlangan mol-mulk qonunchilikka muvofiq baholanib, elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi hamda tushgan mablag‘ hisobidan qarzdorlik undirilishi yuzasidan tushuntirish berildi.

Majburiy ijro byurosi davlat va jamiyat manfaatlarini ta’minlash, byudjet tushumlarini o‘z vaqtida undirish hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan vakolatlari doirasida tizimli ishlarni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ijro hujjatlari talablarini o‘z vaqtida ixtiyoriy bajarish ortiqcha xarajatlar va mol-mulkka nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilishining oldini oladi.

Kiritildi: 10:25 16.07.2026. O'qildi: 933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!