Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Jizzaxda “Matiz” va “Nexia” yonib ketdi

Jizzaxda “Matiz” va “Nexia” yonib ketdi

Bugun, 28 iyun kuni soat 05:40da Jizzax viloyati Jizzax shahar “Sangzor” MFY O.Azimov ko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yong‘in kelib chiqqan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, shoxobchadagi “Matiz” hamda “Nexia” rusumli avtomashinalarga gaz to‘ldirish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani bois yong‘in kelib chiqqan.

Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in o‘z vaqtida o‘rab olinib, qisqa fursat ichida bartaraf etildi.

Ushbu holatda jabrlangan va halok bo‘lganlar aniqlanmagan.

Kiritildi: 10:31 28.06.2021. O'qildi: 3013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!