Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda Isuzu to‘xtab turgan «KamAZ»ga urildi. Qurbon bor

Jizzaxda Isuzu to‘xtab turgan «KamAZ»ga urildi. Qurbon bor

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida 7 may kuni Isuzu va «KamAZ» ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 7 may kuni soat 03:10 da M-39 Olmaota–Toshkent–Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumanidan o‘tuvchi 976-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi Isuzu yuk mashinasini Toshkent–Termiz yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib kelayotib, uxlab qolgan.

Shundan so‘ng o‘zidan oldinda yo‘l chetida to‘xtab turgan Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi «KamAZ»ga borib urilgan.

Oqibatda «KamAZ» haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Kiritildi: 08:33 14.05.2021. O'qildi: 2681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!