Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Jizzaxda fuqaro kriptovalyuta sabab mashinasidan ayrildi

Jizzaxda fuqaro kriptovalyuta sabab mashinasidan ayrildi

U noqonuniy operasiya sabab jarimaga tortilgan. Jarima to‘lanmagach, unga tegishli mashina MIB orqali xatlangan.

Kripto-aktivlar bilan shug‘ullanish faqat qonun talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Qonunga xilof operasiyalar esa moliyaviy jazo va mol-mulkning xatlanishiga olib keladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JK 278⁸-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan sudlangan X.Q.ga 18,7 mln so‘m jarima tayinlangan.

Jarimani undirish jarayonida unga tegishli Nexia-3 avtotransport vositasi aniqlangan. Avtomashina yashash manzilidan topilmagani sababli qidiruvga berildi.

Qidiruv tadbirlari davomida avtotransport ijara asosida taksichilikda foydalanilayotgani ma’lum bo‘lib, u jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 18:45. O'qildi: 398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!