Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Jizzaxda fojia: ikki kishi halok bo‘ldi

Jizzaxda fojia: ikki kishi halok bo‘ldi

2019 yil 13 avgust kuni soat 04:00larda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani “Yangiariq” MFYda yashagan 28 yoshli A.A. o‘zining “Lasetti” rusumli avtomashinasini Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi “Xonimqo‘rg‘on” QFY hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Termiz” yo‘lida haydab ketayotib shu yo‘nalishda, o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan 53 yoshli I.A. boshqaruvidagi “KamAZ-5410” rusumli yuk avtomashinaning orqa qismiga urilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.

Natijada “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi A.A. va yo‘lovchisi Farg‘ona shahrida yashagan 35 yoshli J.YU.lar jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar. “Lasetti”dagi qolgan ikki nafar yo‘lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 15:48 14.08.2019. O'qildi: 1727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!