Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda bir nechta uyni sel bosdi (FOTO)

A A A
Jizzaxda bir nechta uyni sel bosdi (FOTO)

Joriy yilning 14 may kuni Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanlari hududida kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi. Natijada "Oqqo‘rg‘onlik", "Tinchlik", "H.Olimjon", "Ulug‘bek" hamda "Ziyokor" mahallalarida yomg‘ir suvlari to‘planib, bir nechta xonadonga suv kirdi.

Jizzaxda bir nechta uyni sel bosdi (FOTO)

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi hamda 22 nafar qutqaruvchilari tomonidan xonadon egalariga amaliy yordam ko‘rsatilib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv toshqini hamda boshqa ko‘ngilsiz holatlarning oldi olindi.

 

Kiritildi: 16:32 14.05.2020. O'qildi: 4524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik