Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda aka ukasini ozodlikka chiqaraman deb pullaridan ayrildi

A A A
Jizzaxda aka ukasini ozodlikka chiqaraman deb pullaridan ayrildi

Zomin tumani Oqtepa mahallasida yashovchi G.G. ukasi R.Q. ozodlikdan mahrum qilingach, uni erkinlikka chiqarish tashvishiga tushib qoldi. Undan-bundan yordam so‘rab turgan vaqtida Toshkent viloyati Bekobod tumani Oqterak mahallasida istiqomat qiluvchi M.P. o‘z “xizmati”ni taklif qildi.

Aniqrog‘i, ayol pul evaziga tanishlari orqali Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan R.Q.ni ozodlikka chiqarishni va’da qildi.

Shu tariqa, joriy yilning fevral oyida G.G. o‘z qo‘llari bilan M.P.ga 9.500 AQSh dollarini topshirdi. Ammo uka erkinlikka chiqmadi. Shu bilan birga firibgardan pulini qaytarib olishning iloji topilmadi.

Iltimoslari ish bermasligini tushungan jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga murojaat qildi. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 11:10 16.12.2020. O'qildi: 3786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik