Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llaniladi

A A A
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llaniladi

Qonunchilikka ko‘ra, ariza beruvchi imtiyozni olish uchun o‘z xohishiga ko‘ra YAIDXP (my.gov.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tib, so‘rovnoma to‘ldiradi hamda unga zarur hujjatlarni ilova qiladi.

So‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

So‘rovnomani ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lov undirilmaydi.

Soliq organlari so‘rovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kunida ariza beruvchiga daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilgan yoki qo‘llanilmaganligi haqida QR-kodli xabarnomani YAIDXP orqali yuboradi.

Daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi to‘lovlarni amalga oshiradi.

Kiritildi: 09:39 09.01.2024. O'qildi: 1709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!