Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Jinsiy quvvatni yaxshilovchi vitamin va minerallar

A A A
Jinsiy quvvatni yaxshilovchi vitamin va minerallar

Ekspert urolog, androlog Dilmurod ERGASHEV:

Odatda, erkaklar baquvvat ovqatlanishadi. Yeguliklarning eng sarasi ham aynan ularga tortiq etiladi. Lekin hamma ham erkaklar salomatligi uchun taomnomada bo‘lishi zarur mahsulotlar haqida bilmasligi mumkin. Shu bois erkaklar uchun foydali bo‘lgan vitamin va minerallar haqida to‘xtalib o‘tamiz.

RUX

Rux erkaklar salomatligi uchun eng kerakli mikroelement hisoblanadi. Chunki testosteron molekulalari ruxsiz yuzaga kelmaydi. Agar organizmda rux mikroelementi yo‘q bo‘lsa, demakki, testosteron ham bo‘lmaydi. Testosteron bo‘lmasa, erkaklarda jinsiy quvvat  kuzatilmaydi.

Rux spermatozoidlarning harakatchanligini oshiradi va prostatitga qarshi profilaktik ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bu mikroelement erkaklarning rivojlanishi, bo‘y o‘sishi va immunitetini mustahkamlash uchun juda zarurdir.

O‘zida rux saqlovchi mahsulotlar: anjir, baliq (olabug‘a (okun), gulmohi (forel), seld, sayra, losos), bug‘doy kepagi, sarimsoqpiyoz, yong‘oq, tuxum sarig‘i.

Erkaklar uchun ruxning kundalik me’yori: 15 mg.

SELEN

Selen ham erkaklar uchun juda kerakli minerallardan biri hisoblanadi. U erkaklarning reproduktiv faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Selen bepushtlik muammosidan aziyat chekadigan erkaklarga foydali. U sperma sifatini oshiradi. Shuningdek, testosteron biosintezida ishtirok etib, jinsiy a’zolar ishini yaxshilaydi.  

O‘zida selen saqlovchi mahsulotlar: sarimsoqpiyoz, tuxum, baliq, qora non, makkajo‘xori, pomidor.

Erkaklar uchun selenning kundalik me’yori: 55-70 mkg.

S VITAMINI

S vitamini immunitetni ko‘tarish bilan birga, qon tomirlari elastikligini oshiradi. Qon aylanishi, ayniqsa, jinsiy a’zoda qon aylanishini yaxshilaydi. Testosteron sintezini kuchaytiradi. Prostatitga qarshi profilaktik vosita hisoblanadi.

O‘zida S vitaminini saqlovchi mahsulotlar: karam, shu jumladan, tuzlangan karam, sitrus mevalar (limon, apelsin, mandarin, greypfrut), ko‘k piyoz, petrushka, sabzi.

Erkaklar uchun S vitaminining kundalik me’yori: 100 mg.

E VITAMINI

E vitamini hujayralar yangilanishiga yordam beradi, ularning chidamliligini oshiradi, kapillyarlar o‘tkazuvchanligini me’yorlashtiradi, jinsiy a’zolarda qon aylanishini yaxshilaydi.

O‘zida YE vitaminini saqlovchi mahsulotlar:  baliq va o‘simlik yog‘i (zaytun yog‘i, kungaboqar yog‘i, makkajo‘xori yog‘i), tuxum sarig‘i, selderey, ko‘k piyoz.

Erkaklar uchun YE vitaminining kundalik me’yori: 30 mg.

V GURUHIDAGI VITAMINLAR

V guruhiga mansub vitaminlar erkaklar jinsiy gormoni — testosteron sintezini oshiradi. Jigarni himoya qiladi, inson organizmida ro‘y beradigan 15000 ta biokimyoviy jarayonda ishtirok etadi.

O‘zida V guruhidagi vitaminlarni saqlovchi mahsulotlar: yong‘oq, sabzi, baliq.

Erkaklar uchun V vitaminlarining kundalik me’yori: V6 vitamini 2 mg, V12 vitamini 2 mkg.

Yuqorida sanab o‘tilgan foydali mahsulotlarni kundalik taomnomaga kiritish orqali erkaklar jinsiy quvvatini mustahkamlash mumkin. Bunda faqat me’yorga amal qilish lozim. Shunday ekan, buni o‘zingiz ham bir sinab ko‘ring.

shifoinfo_official

Kiritildi: 22:45 28.01.2021. O'qildi: 34413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!