Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Jinoiy javobgarlikka tortilgan IIBning sobiq boshlig‘i aybsiz deb topildi

Jinoiy javobgarlikka tortilgan IIBning sobiq boshlig‘i aybsiz deb topildi

Jinoyatni isbotlovchi birorta dalillar keltirilmagani, davlat yoki jamoat manfaatlariga zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilmagani, mazkur jinoyat ishi bir tomonlama ko‘rilib, faqat tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ini ayblash nuqtai nazaridan olib borilgani ma’lum bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan Furqat Kamolovga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Unga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, turli moddalar asosida jarima jazosi bilan sudlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi kassasiya instansiyasining 2019 yil 22 oktyabrdagi ajrimi bilan esa hukm o‘zgartirilib, F.Kamolov javobgarlikdan ozod qilindi. Shuningdek, undan sud hukmini ijro qilish chog‘ida undirilgan 33 mln. 636 ming 750 so‘m jarima puli qaytarilishi belgilandi.

Albatta, u olti yil davomida sud idoralariga adolatni tiklashni so‘rab, ko‘p bor murojaat qildi. Yaqinda Farg‘ona viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha apellyasiya instansiyasining ochiq sud majlisida F. Kamolovning shikoyati ko‘rib chiqilib, adolat qaror topdi.

Xo‘sh, unga qanday ayblovlar qo‘yilgandi? Sudning hukmiga ko‘ra, Furqat Kamolov 2010 yildan 2014 yil iyun oyiga qadar Bag‘dod tuman IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelib, mas’ul mansabdor shaxs bo‘lgani holda mansab vakolatini suiiste’mol qilgan. Tuman hokimining 2009 yil 9 iyuldagi qaroriga asosan IIB qoshida tashkil etilgan “Bag‘dod qalqonlari” yordamchi xo‘jaligi uchun ajratilgan 12 gektar yer maydonini vaqtincha foydalanish uchun bir nechta fuqarolarga sotib yuborgani natijasida 12 gektar yer maydoniga davlat buyurtmasi uchun don ekilmasdan davlat va jamoat manfaatlariga zarar yetkazganlikda aybli, deb topilgan. Unga tuman “Dehqon bozori” hududida hech qanday hujjatlarsiz savdo do‘koni qurib olib, M.Qoraboyevaga 14 million so‘mga sotib yuborganlik, savdo do‘koni yer maydoni ijarasi uchun 2012 yil aprel oyidan 2014 yil oyiga qadar har oyda 126 ming so‘mdan to‘lovni amalga oshirmasdan “Dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati manfaatlariga jami 2 million 646 ming so‘m zarar yetkazgan kabi bir qator ayblovlar qo‘yilgan edi.

Ishda aniqlangan holatlar va guvohlarning ko‘rsatuvlariga qaraganda, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ini yordamchi xo‘jalik uchun ajratilgan yer maydonini sotib yuborganini isbotlovchi birorta dalillar keltirilmagan. Vaholanki, 2012 — 2013 yillar davomida “Bag‘dod qalqonlari” yordamchi xo‘jaligi belgilangan davlat rejasidan ortiq don mahsuloti topshirgan bo‘lib, davlat yoki jamoat manfaatlariga zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilmagan. Shuningdek, dastlabki tergov organi va sud tomonidan F.Kamolov aynan qaysi rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, qalbakilashtirilgani va ulardan foydalangani, buning natijasida fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlanmagan.

Mazkur jinoyat ishi bir tomonlama ko‘rilib, faqat tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ini ayblash nuqtai nazaridan olib borilgani ma’lum bo‘ldi. Furqat Kamolovga nisbatan chiqarilgan jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudining 2015 yil 16 martdagi hukmi bekor qilindi. Uning qilmishida jinoyat tarkibi mavjud emasligi sababli O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi harakatdan tugatildi hamda aybsiz deb topilib, oqlandi.

Kiritildi: 10:49 08.09.2021. O'qildi: 3502 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!