Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jigar va o‘t pufagi ishlamay qolganda qaysi duoni o‘qigan ma’qul?

Jigar va o‘t pufagi ishlamay qolganda qaysi duoni o‘qigan ma’qul?

Savol

Assalomu alaykum, ustoz. Insonning jigari va buyragi ishlamay qolsa, qaysi duoni o‘qigani ma’qul?


Javob

Buning uchun maxsus duolar borligini bilmaymiz. Ammo Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan kasal uchun o‘qiladigan duolar vorid bo‘lgan. Masalan, Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga birov bir narsadan: chaqami, jarohatmi, shikoyat qiladigan bo‘lsa, ko‘rsatgich barmoqlarini yerga qo‘yib, so‘ngra ko‘tarib, quyidagi duoni o‘qir edilar:

"Bismillahi turbatu arzina biriyqoti ba’zina yushfa bihi saqiymuna biizni robbina".(Ma’nosi: "Allohning ismi bilan, yerlarimizning tuprog‘i bilan, ba’zilarimizning tupugi bilan Rabbimizning izni ila kasallarimiz shifo topadi") Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va boshqalar rivoyat qilishgan.

Bundan tashqari, xastaga Qur’oni Karimni ko‘p tilovat qilish kerak. Chunki Qur’on shifodir. Alloh taolo: "Biz Qur’onni mo‘minlar uchun shifo va rahmat o‘laroq nozil qilurmiz" deydi ("Isro" surasi, 82-oyat).

Alloh yanada biluvchiroq.

Mubashshir AHMAD

Manba: azon.uz

Kiritildi: 12:05 04.09.2018. O'qildi: 3364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!