Bugun 27 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jigar uchun eng foydali ichimlik: u sirrozning oldini oladi

Jigar uchun eng foydali ichimlik: u sirrozning oldini oladi

Sirroz va yog‘li kasalliklardan himoya qiluvchi, jigar uchun eng foydali ichimlik aniqlandi. Diyetolog Kortni D’Anjelo qahva jigar salomatligi uchun eng foydali ichimlik ekanini ta’kidladi, deb yozadi Sports.kzga tayanib Daryo nashri.

D’Anjelo qahva ichish sirroz rivojlanish xavfini kamaytirishi va, shuningdek, jigarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yog‘ kasalliklaridan himoya qilishini (tadqiqot natijalariga tayanib) aytib o‘tdi. U ichimlikning foydali ta’sirini quyidagicha ifodaladi: yog‘lar to‘planishini kamaytiradi.

Qahva erkin radikallarning xavfini kamaytiradi va organ hujayralari shikastlanishining oldini oladi, jigarda antioksidantlar miqdorini oshiradi. Jumladan, qora qahva ham jigar xastaliklari bilan kurasha oladi. Shuningdek, nutritionist (ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis) ichimlikning foydali xususiyatlarini saqlab qolish uchun shakar, sut yoki qaymoq qo‘shmasdan ichish kerakligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 16:47 10.06.2024. O'qildi: 14977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!