Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Jiddadan Toshkentga uchgan samolyot favqulodda Bahraynga qo‘ndi

Jiddadan Toshkentga uchgan samolyot favqulodda Bahraynga qo‘ndi

Bunga parvoz vaqti yoshi katta yo‘lovchining yuragi to‘xtab qolgani sabab bo‘ldi.

Air Samarkand ekipaji tibbiy yordam ko‘rsatish uchun eng yaqin aeroportga qo‘nishga qaror qilgan. Samolyotga shifokorlar brigadasi chaqirilgan.

Yo‘lovchiga bortdayoq imkon qadar yordam ko‘rsatilgan, keyin esa mahalliy shifokorlar reanimasion tadbirlarni o‘tkazishgan.

Reys yonilg‘i quyib olgach, parvozni Toshkentga taxminan 2 soat kechikish bilan davom ettirdi va soat 9:49 da qo‘ndi.

Kiritildi: Bugun 11:51. O'qildi: 584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!