Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Jeyms Bond — agent 007 rolini ilk bor qora tanli aktrisa o‘ynaydi

A A A
Jeyms Bond — agent 007 rolini ilk bor qora tanli aktrisa o‘ynaydi

Britaniyalik aktrisa Lashana Linch yangi Jeyms Bond filmida bosh rolni o‘ynaydi. Bu haqda uning o‘zi jurnalistlarga aytdi, deb xabar beradi Harperʼs Bazaar.

Linch birinchi marta qora tanli 007 agenti bo‘ladi, aktrisa bu uzoq yillik irqiy va gender stereotiplariga qarshi kurashish uchun imkoniyat ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zini inqilobiy narsaning bir qismi kabi his qiladi.

Birinchi marta Linchning yangi agent 007ga aylanishi haqidagi ma’lumotlar 2019 yil aprel oyida paydo bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Daniel Kreyg 2006 yildan 2020 yilgacha Bond rolini o‘ynagan. Ungacha agentni Pirs Brosnan, Timoti Dalton, Rojer Mur, Jorj Lazenbi va Shon Konneri o‘ynagan.

Kiritildi: 09:54 06.11.2020. O'qildi: 2593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!