Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Jey Di Vens Grenlandiyaga boradi, uning hamrohi ham ma’lum

Jey Di Vens Grenlandiyaga boradi, uning hamrohi ham ma’lum

AQSh vise-prezidenti rafiqasi bilan birga Grenlandiyaga borishini e’lon qildi.

"Ushaning 28 mart kuni Grenlandiyaga tashrifi ancha katta qiziqish uyg‘otdi", — deya izoh berdi Jey Di Vens.

Uning so‘zlariga ko‘ra, delegasiya Grenlandiyada "ishlar qanday ketayotganini" tekshirish hamda orol aholisi xavfsizligini mustahkamlash niyatida, chunki bu "butun dunyo xavfsizligini ta’minlash uchun muhim" hisoblanadi.

Avvalroq, delegasiyaga vise-prezident Jey Di Vensning rafiqasi Usha Vens rahbarlik qilishi haqida xabar bergan edik. Tarkibga, shuningdek, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols va energetika vaziri Kris Rayt ham kiritilgan.

Kiritildi: 11:29 26.03.2025. O'qildi: 855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!