Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Jerar Pike faoliyatini qachon yakunlamoqchi?

Jerar Pike faoliyatini qachon yakunlamoqchi?

"Barselona" himoyachisi Jerar Pike butsalarini mixga iladigan paytini aytdi.

"O‘zimizni faxriy futbolchi deb hisoblamayman. Yaqindagina "Barselona" tarkibida gol urgan eng qari futbolchilardan biri bo‘lganim biroz jaxlimni chiqardi. Bunday ro‘yxatlarda bo‘lishni istamayman. Keyinchalik Roberto Karlosni gollar soni bo‘yicha o‘zib ketganim borasidagi xabar quvontirdi. Ammo o‘zimni qari deb hisoblamayman.

Albatta, yoshim futbol uchun qarilik qilmoqda. Vaziyatga qarayman, balki kutilganidan ko‘ra ertaroq ketarman. Ha, maydonda tez o‘ynay olmasman, ammo eng yaxshilar bilan raqobat qila olishim va ulardan yomon emasligimni isbotlash uchun harakat qilaman. Hozircha shunday, o‘ynashda davom etaman.

Faoliyatimni "Barselona"da yakunlayman. Bu aniq. Zaxira futbolchisi sifatida ketishni istamayman. Agarda zaxirada o‘tirib, 3 oydan keyin menga imkon berilsa ham mayli. Biroq butun bir mavsum zaxirada o‘tirishni istamayman", - dedi futbolchi.

Kiritildi: 20:17 24.10.2021. O'qildi: 2278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!