Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Jerar Depardye yosh aktrisani zo‘rlashda ayblanmoqda

Jerar Depardye yosh aktrisani zo‘rlashda ayblanmoqda

Fransiya prokuraturasi aktyor Jerar Depardyega qarshi tergov boshlandi. U yosh aktrisani zo‘rlashda ayblanmoqda. Gap 2018 yil avgust oyida Depardyening Parijdagi kvartirasida sodir bo‘lgan voqealar haqida ketmoqda. Gumon qilingan jabrlanuvchining ismi oshkor qilinmadi.

Mashhur aktyorning advokati unga qarshi tergov olib borilayotganini tasdiqladi, ammo Depardye ayblovlarni rad etmoqda. Shuningdek, uning fikricha, prokuratura xatti-harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar sir bo‘lib qolishi kerak edi.

Ikki yil oldin aktyorning advokati ushbu ayblovlarga quyidagicha javob qaytargan: "Jerar Depardye hayratda. Bu ayblov uning kimligi va u nimani hurmat qilishiga ziddir".

Fransiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, aktrisa Depardye ustidan shikoyat bilan 2018 yil avgust oyi oxirida murojaat qilgan. 2019 yilda Parij prokuraturasi tergovni yopdi, ammo 2020 yilda qayta tikladi.

Depardyega qarshi rasmiy tergov o‘tgan yilning dekabrida boshlangandi. Ushbu jarayon davomida prokuratura aktyorga nisbatan rasmiy ayblovlarni e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak.

Le Monde gazetasining yozishicha, jinoyat haqida xabar bergan aktrisaning oilasi Depardyeni taniydi. 

Kiritildi: 09:50 24.02.2021. O'qildi: 4703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!