Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Jerar Depardye Xivada!

Jerar Depardye Xivada!

16 noyabr kuni Xorazmga mashhur fransuz aktyori, O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi Jerar Depardye tashrif buyurdi.

Ma’lum qilinishicha, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi «B-Tweyen» fransuz kompaniyasi bilan birgalikda «Paris Premiyere» telekanali uchun «Ipak yo‘li» hujjatli filmini suratga olish uchun ishlari doirasida Jerar Depardye Xiva shahriga kelgan.

Jerar Depardyeni Xiva tumani hokimi Sabir Jumaniyazov va Xorazm viloyati hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Temur Davletovlar kutib olishgan.

Jerar Depardye ishtirokida hujjatli filmni suratga olish tashkilotchilari sifatida «O‘zbekkino», Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi tashabbus ko‘rsatmoqda.

Suratga olish O‘zbekistonning 5 ta shahri – Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz va Nukusda 26 noyabrgacha davom etadi.

Kiritildi: 09:25 18.11.2019. O'qildi: 3538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!