Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Jeff Bezos noyabr oyida Amazon’ning $2,7 milliardlik aksiyalarini sotdi

Jeff Bezos noyabr oyida Amazon’ning $2,7 milliardlik aksiyalarini sotdi

Jeff Bezos noyabr oyida Amazon’ning $2,7 milliardlik aksiyalarini sotdi. Bu haqda «Interfaks» manbalarga tayanib, xabar bermoqda.

Kompaniyaning 22 millionga yaqin aksiyalari sotilib bo‘ldi

Savdolar 2025 yil oxirigacha 25 million dona aksiyani sotish oldindan belgilangan rejalar doirasida amalga oshirilmoqda. Ayni paytda tadbirkor kompaniyaning 22 millionga yaqin aksiyasini sotib bo‘ldi.

Amazon kapitallashuvi 37,5 foizga oshgan

Joriy yil boshida beri Bezos Amazon’ning $8 milliardlik aksiyalarini sotgan bo‘lsada, u hali ham kompaniyaning taxminan $220 milliardlik aksiyalariga egalik qiladi. 2024 yilda Amazon kapitallashuvi 37,5 foizga oshib, $2,17 trillionni tashkil qildi.

Ma’lumot uchun, Jeff Bezosning umumiy boyligi qariyb $230 mlrd.ni tashkil qilib, dunyoning eng boy insonlari qatorida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 01:40 14.11.2024. O'qildi: 466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!