Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jeenbekov ketdi. Qirg‘izistonni endi kim boshqaradi?

Jeenbekov ketdi. Qirg‘izistonni endi kim boshqaradi?

Avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqqani haqida xabar bergandik.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi namoyishlar davlat rahbarining iste’fosi bilan yakuniga yetgani yo‘q. Endilikda fuqarolar spiker Kanat Isayevning lavozimni bo‘shatishini hamda parlamentni tarqatib yuborishni talab qilmoqdalar.

Qonunga ko‘ra, prezident iste’foga chiqsa, davlat boshqaruvi spiker qo‘liga o‘tishi lozim. Agarda spiker bo‘lmasa, ushbu vazifa bosh vazir – Sadir Japarov zimmasiga yuklatiladi.

Kiritildi: 14:54 15.10.2020. O'qildi: 6077 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!